Ushbu «Nizom» 2005 yil 9 apreldagi «Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillari Fani bo’yicha» maxsus metodologik komissiya qarori hamda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2005 yil 18-maydagi 107-sonli «Oliy va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida milliy istiqlol g’oyasini talabalar ongiga singdirishda ta’lim jarayoni, ma’naviy-ma’rifiy faoliyat va ta’limdan tashqari ishlarni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi buyrug’i asosida ishlab chiqildi. Institutga uzoq shahar va viloyatdan kelib, ta’lim olayotgan talabalar va tadqiqot ishlari olib borayotgan aspirantlarni vaqtincha yashash joyi bilan ta’minlash maqsadida «Talabalar turar joyi» tashkil etiladi. Talabalar turar joyi boshqaruvi – mazkur Nizom asosida institut raxbariyati tomonidan shakllantiriladi hamda o’z faoliyati yo’nalishiga, ish rejasi va dasturi, muhriga, shtat birligiga ega bo’lib, Talabalar turar joyining ma’muriy, xo’jalik, ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlarini boshqaradi. Talabalar turar joyida talabalarning yashashi, o’z ustida mustaqil ishlashi, dam olishi hamda sport, san’at va boshqa to’garaklarga qatnashishi uchun sharoitlar yaratiladi. Talabalar turar joyining moddiy – texnik ta’minoti, uni kapital va joriy ta’mirlash, binodagi qattiq va yumshoq krovat, mebel’, xona jihozlari (ko’rpa-to’shak, yopinchiqlar, sochiqlar va boshqalar), texnika vositalarini saqlash, ta’mirlash, hududni obodonlashtirish, tozaligini ta’minlash, kommunal-xo’jalik xizmatlari (issiq va sovuq suv ta’minoti, kanalizasiya, issiq suv trubalarini ta’mirlash) va boshqa shart-sharoitlar institut ma’muriyati tomonidan ta’minlanadi. Talaba joy olish uchun fakultet dekani yoki ma’naviy-ma’rifiy ishlar prorektori nomiga ariza yozadi va unga pasport nusxasini ilova qiladi. Mazkur ariza o’rnatilgan tartibda ko’rib chiqilgach, Talabalar turar joyiga joylashish ma’naviy-ma’rifiy ishlar prorektori va kasaba uyushmasi ruxsati bilan berilgan order asosida amalga oshiriladi.Talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talaba va aspirantlar O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan ta’sis etilgan qoidalar asosida vaqtincha ro’yxatga olinadilar. Ro’yxatga olish ishlari Boshqaruv raisi (mudir) va pasportist(ka) tomonidan tashkil etiladi. Tarbiyaviy-madaniy, sport-sog’lomlashtirish ishlari va Talabalar turar joyida yashovchilarga maishiy xizmat ko’rsatishni tashkil etish borasidagi umumiy rahbarlik institut rektoriga yuklatiladi. Talabalar turar joyiga institut ishchi-xizmatchilari, begonalar, talaba va aspirantlarning oila a’zolarini joylashtirish qat’iyan man qilinadi. Talabalar turar joylarida yashash uchun to’lov miqdori institut rektori buyrug’i bilan belgilanadi.
Talaba va aspirantlarning Talabalar turar joyiga joylashishi order orqali amalga oshiriladi, order ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo’yicha prorektor va kasaba uyushmasi ruxsati bilan beriladi.2. Talaba va aspirantlar yashash davrida zaruriyat tug’ilsa, belgilangan tartibda Talabalar turar joyining bir xonasidan ikkinchi xonasiga ko’chib o’tish mumkin.3. Talabalar turar joyida yashovchilar shaxsiy mulkdan foydalanishi maxsus qayd etish qog’ozi orqali amalga oshiriladi va ularni ehtiyotlash foydalanishga olgan shaxs zimmasiga yuklatiladi.4. Talabalar navbatchilik jadvaliga binoan xonalarda, qavat va kirish joylariga navbatchilik qiladilar, dam olish joylarida namunali tozalikni ta’minlaydilar.5. Elektr asboblaridan foydalanish qoidalariga qat’iy rioya qiladilar.6. Talabalar turar joyidan uzoq muddatga ketayotib, Talabalar turar joyi ma’muriyatini ikki kun oldin yozma ravishda ogohlantirib qo’yishlari kerak.7. Kundalik extiyojga ega bo’lmagan katta hajmdagi shaxsiy va qimmatbaho buyumlarni Talabalar turar joyining buyumlar saqlash xonasiga topshirilmagan buyumlar uchun talabalar turar joyi ma’muriyati javobgar bo’lmaydi.8. Talaba yashab turgan xonasini va boshqa umumiy foydalanish joylarini har doim toza va tartibli tutishi lozim.9. Hamxonalar va Talabalar turar joyida yashovchilar bilan doimo samimiy, ahil munosabatda bo’lishi kerak.10. Talabalar turar joyi va xonadagi mavjud hamma narsalarni (shifoner, krovat, tumbochka, stol, stul va h.k.) namunali tutish talab etiladi.11. Umumiy foydalanish joylarida o’rnatilgan yoritgichlar, elektr plitalarini buzmaslik, yuvinish xonasi, oshxona hamda ma’naviyat va ma’rifat xonalaridan to’g’ri foydalanish lozim.12. Elektr plitalaridan to’g’ri hamda tejamli foydalanish, qo’lbola elektr isitgich asboblaridan mutlaqo foydalanmaslik lozim.13. Talabalar turar joyida o’tkaziladigan hasharlarda, tevarak-atroflarni ko’kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlarida muntazam ravishda qatnashish lozim.14. O’qishni bitirgan talabalar ikki hafta ichida yashab turgan xonalarini bo’shatishlari kerak.